"Manchester Siti" yozda 8 ta asosiy futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

  • 20 fevral, 21:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda "Manchester Siti"da tarkibning katta qayta qurilishi kutilmoqda. "Daily Mail" xabariga ko‘ra, o‘zining eng yuqori cho‘qqisidan o‘tib bo‘lgan bir qator futbolchilar jamoani tark etishi mumkin. Ushbu ro‘yxatda Ederson, Jon Stouns, Mateo Kovachich, Ilkay Gyundogan, Kevin de Bruyne va Bernardu Silva kabi futbolchilar bor.

Tecno

Bundan tashqari, jamoani tark etishi kutilayotgan yana bir futbolchi – Jek Grilish, u hozir eng yaxshi mavsumini o‘tkazmayapti. Yozda "Siti"ni butunlay tark etadigan yana bir futbolchi – yaqinda mavsum oxirigacha ijara asosida "Milan"ga o‘tgan Kayl Uoker.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni "Manchester Siti" "Real"ga 1:3 hisobida yutqazib, Chempionlar Ligasi musobaqasidan chiqib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!