
“Manchester Siti” yulduzi kutilmagan jamoani tanladi
“Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvares yozgi transferlar vaqtida boshqa jamoaga o‘tish istagini bildirgandi.
Argentinalik jahon chempioni “shaharliklar” safida norvegiyalik to‘purar Erling Xolandning soyasida qolib ketmoqda. Alvares boshqa jamoada asosiy hujumchi va to‘purar vazifasini bajarmoqchi.
Todofichajes nashrining yozishicha, 24 yoshli forvardga “Atletiko” varianti ma’qul kelgan.
“Matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeone ham o‘z hamyurtiga asosiy tarkibdan muntazam joy berishga tayyor.
Xulian Alvares “Manchester Siti”da 2022 yildan beri to‘p tepyayapti. Uning shartnomasi 2028 yilning yarmigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali iste’dodli forvardni 90 million evroga baholamoqda.
Fikrlar