
“Manchester Siti”dan g‘aroyib natija
Evropa Chempionlar ligasi chorak final dastlabki uchrashuvida “Manchester Siti” futbolchilari Madridda “Real” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
E’tiborli jihati shundaki, Xosep Gvardiola shogirdlari ushbu nufuzli turnirning oxirgi to‘qqizta o‘yinida uchtadan gol urgan.
“Shaharliklar” musobaqaning guruh bosqichida “Tsrvena Zvezda”ni 3:1, 3:2, “Leyptsig”ni 3:1, 3:1, “Yang Boyz”ni 3:1, 3:0, nimchorak finalda “Kopengagen”ni 3:1, 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi manchesterliklar “Real”ga qarshi javob uchrashuvini 17 aprel kuni o‘z maydonida o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Evropa Chempionlar ligasining amaldagi chempioni hisoblanadi. Bu jamoa o‘tgan yili musobaqa finalida “Inter”dan 1:0 hisobida ustun kelgan va g‘alaba to‘pini Rodri kiritgan edi.
Fikrlar