“Manchester Siti”dan ketmasam bo‘lmaydi
“Manchester Siti”ning braziliyalik vingeri Savio jamoani tark etishni qattiq istamoqda. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi qat'iy ravishda Londonning “Tottenxem” klubiga o‘tishni xohlamoqda. “Shporlar” uni avvalgi ikki transfer oynasida ham sotib olishga urinigan edi.
Biroq “shaharliklar” Savioga munosib o‘rinbosar topmagunlaricha uni qo‘yib yuborish niyatida emas.
O‘tgan mavsumda 22 yoshli vinger barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, Savioning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi. Ammo manchesterliklar bu futbolchi uchun bu narxning kamida ikki baravarini talab qilyapti.

Fikrlar