Manchester yulduzi qizni o‘limdan qutqarganini yashirib yurgan ekan...

  • 13.09.2025 09:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted”ning yangi futbolchisi Brayan Mbemo bir necha hafta oldin muxlislar bilan avtograf-sessiyada ishtirok etgan edi.

Tadbir davomida mashhur futbolchi 9 yoshli Ameliya bilan muloqot qildi. “Manchester Yunayted”ning chiroyli sharfini taqib olgan qizaloq Brayanga og‘ir hasta ekani va bosh miyasida o‘simta borligini aytadi.

Mbemo buni bee’tibor qoldirmadi. U klub vakillari Ameliyaning oilasi haqida ma’lumot to‘plashlarini so‘radi. Ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujumchi klinikalarning biriga Ameliyaning qimmatbaho operatsiyasi uchun to‘lov qilib berdi.

Mbemo bu ishni hech qanday ovozasiz, vosittachilarsiz, maxfiy tarzda amalga oshirmoqchi bo‘ldi. Shifokorlarga ham to‘lov bo‘yicha faqat o‘zi bilan bog‘lanib, hisob-kitob qilishlarini so‘radi.  

Shunga qaramay, Daily News jurnalistlari Brayan Mbemoning qilgan ishlaridan xabar topib, uni omma e’tiboriga olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!