"Manchester Yunayted" "Barsa" yulduziga ko‘z tikmoqda!

  • 5 mart, 13:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado "Manchester Yunayted" ro‘yxatida.

"Fichajes" nashri xabariga ko‘ra, 21 yoshli Kasado "Manchester Yunayted"ning yozdagi asosiy transfer maqsadlaridan biri. Ispaniyalik yarim himoyachining o‘yin uslubi bosh murabbiyi Ruben Amorimga ma’qul keladi.

Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, Kasado "qizil iblislar"ning maydon markazidagi barcha muammolarini hal qiladi, shu sababdan klub hozirdanoq "Barselona"ga 80 million evrolik birinchi taklifni tayyorlamoqda, deya xabar beradi manba.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Mark barcha turnirlarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!