"Manchester Yunayted" Ederson transferi ustida ish olib bormoqda

  • 10.05.2026 07:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" Ederson transferi bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

"UtdReport" ma’lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" bir necha haftadan beri futbolchining vakillari bilan vositachilar orqali muzokara olib bormoqda. Angliya grandining sport direktori Jeyson Uilkoks yarim himoyachining imkoniyatlarini juda yuqori baholamoqda.

Shuningdek, futbolchining agenti ham transfer amalga oshishi uchun faol ish olib borayotgani ta’kidlanmoqda. Hozircha klublar o‘rtasida kelishuvga erishish uzoq bo‘lib turibdi, ammo "Yunayted"ning qiziqishi jiddiy ekani aytilmoqda.

"Atalanta" bilan tuzilgan shartnoma kelasi yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli futbolchining bozor qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!