“Manchester Yunayted” jamoasini qutqara olmagan futbolchini olyapti

  • 28.05.2022 21:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan tarkibga “Norvich” o‘ng qanot himoyachisi Maks Aaronsni qo‘shib olmoqchi.

Football League World nashrining ma’lum qilishicha, bu transferning amalga oshish ehtimoli katta.

Chunki “Norvich” chempionat yakunlariga ko‘ra, premer-ligadan tushib ketdi. Maks Aarons jamoasini qutqara olmagan bo‘lsa-da, o‘zi yuqori divizionda faoliyatini davom ettirish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar o‘zlariga kerak bo‘lgan 22 yoshli Aaronsni  Chempionshipda bo‘lsa ham o‘ynashga tayyor bo‘lgan yosh iqtidor egasi Itan Lerdga almashtirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!