
“Manchester Yunayted” to‘rt nafar yulduzini Saudiyaga pullaydi
“Manchester Yunayted” direktori Jon Mertof yangi yil oldidan Saudiya Arabistoni Professional ligasi mutasaddilari bilan uchrashib, arab klublariga o‘yinchilarni transfer qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazgan edi.
Evening Standard nashrining yozishicha, manchesterliklar frantsiyalik himoyachi Rafael Varan, braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro hamda hujumkor futbolchilardan Jeydon Sancho va Antonini Saudiya Arabistoniga cho‘natmoqchi.
Manchesterliklar yozgacha “Borussiya”da ijarada o‘ynaydigan Jeydon Sancho va Antoni uchun 60 million evrodan talab qilmoqda.
Klub bu ikki o‘yinchi uchun jami 181 million evro sarflagan va mazkur transferlar o‘zini oqlagani yo‘q.
Hozircha, Varan va Kazemironing transfer summasi e’lon qilingani yo‘q, biroq manchesterliklar ularning mashhurligidan foydalanib, qimmatroq narxlarda transfer qilish payida bo‘ladi.
Fikrlar