“Manchester Yunayted” transfer uchun Gvadioladan foydalanmoqchi
Angliya Premer-ligasidagi mavqeini tiklashga urinayotgan “Manchester Yunayted” yanvar oyida “Bornmut” hujumchisi Antuan Semenoni sotib olish uchun barcha sa’y-harakatlarni ishga solmoqchi.
25 yoshli futbolchiga “Manchester Siti” ham da’vogar, biroq “Yunayted” mutasaddilari “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning kelajagi borasidagi noaniqlikdan o‘z foydasiga argument sifatida foydalanishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ruben Amorim jamoasi “Manchester Siti”dan tashqari Semeno uchun “Tottenxem” va “Liverpul” bilan ham raqobat olib bormoqda. Yanvar oyidan boshlab Semenoning shartnomasida 65 million funt (74,1 million evro) miqdoridagi tovon puli kuchga kiradi.
Avvalroq, The Athletic nashri Gvardiola joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkinligini yozgan edi. Bu holat klubning transfer siyosatiga jiddiy ta’sir qilishi aytilmoqda.

Fikrlar