
“Manchester Yunayted”ga zudlik bilan Ronaldu kerak. U taklifni qabul qildimi?
“Manchester Yunayted” rahbariyati Krishtianu Ronalduni qaytarishga qaror qildi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, manchesterliklar portugaliyalik yulduzning agenti Jorje Mendesh bilan bog‘lanib, transferni muhokama qilishga kirishgan.
Ronalduning “Yuventus” bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi. Turinliklar uni Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun taklif etgandi. Lekin jamoa ikki yildan beri nimchorak finaldan o‘tolmayapti. Klubga esa, amalga oshmagan maqsad uchun Ronalduga yiliga 31 million evro maosh to‘lash og‘irlik qilmoqda.
Krishtianu 2003-2009 yillar davomida “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. Bu davr mobaynida uch marta Angliya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo‘lgan, ikki marta Liga kubogida zafar quchgan. Shuningdek, Ronaldu manchesterliklar bilan birga Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar