Manchesterga chempion murabbiy keladi
Maykl Kerrik “Manchester Yunayted”ni yaxshi boshqarayotgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati yozda uning o‘rniga tajribaliroq mutaxassisni olib kelmoqchi.
Manchesterliklar yangi bosh murabbiy lavozimiga Roberto Martinesni tayinlash variantini ko‘rib chiqmoqda. Ispaniyalik mutaxassis jamoani boshqarish uchun asosiy nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Roberto Martines yozda Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etishi kutilmoqda. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs The United Stand akkaunti uchun X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
52 yoshli mutaxassis 2023 yilning yanvaridan buyon Portugaliya milliy jamoasini boshqarib kelmoqda. Martinesning amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil iyul oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Uning rahbarligida Portugaliya terma jamoasi 2025 yilda Millatlar ligasida g‘olib bo‘lgan.
Hozirgi kunda “Manchester Yunayted”ni boshqarayotgan Maykl Kerrikning shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar