Manchesterliklar Bellingemni oladi

  • 29.10.2025 06:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida ishlari yurisha boshlagan “Manchester Yunayted” qishki transferlar davrida tarkibni yanada kuchaytirishga e’tibor qaratadigan bo‘ldi.

Tecno

Angliya fubolini yoritib kelayotgan manbalarning ma’lum qilishicha, manchesterliklar yanvarda “Borussiya Dortmund”dan Job Bellingemni olishga urinib ko‘radi.

Job xuddi akasi Jud Bellingem  kabi Evropaning grand klublaridagi yurishini Bundesligadan, xususan, Dortmundan boshlash uchun yozda “Sanderlend”dan “Borussiya”ga ko‘chib o‘tgan edi. Nemis klubi “Sanderlend”ni Premer-ligaga olib chiqishga katta hissa qo‘shgan o‘yinchi uchun 25 million funt to‘ladi.

Ammo Bundesligadagi faoliyat Job kutgandek chiqmadi. Hujumkor futbolchi boshlang‘ich tarkibdan chetda qolmoqda.

Daily Mirror nashrining yozishicha, “Yunayted” mutasaddilari angliyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda va qishki transferlar oynasi ochilishi bilan transfer bo‘yicha taklif yuborishga tayyorlanyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!