Manchesterliklar beshta superhujumchini nishonga oldi

  • 11.06.2026 10:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsumni uchinchi o‘rinda yakunlagan “Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan hujum chizig‘ini yangilash va sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Jamoa kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etadi va shu bois yuqori malakali o‘yinchilar transferiga e’tibor qaratyapti.

Klub yangi hujumchilarni sotib olish uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor. Bu haqida Caught Offside xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, manchesterliklar “Kristal Pэlas”dan Jan-Filipp Matetani  sotib olishni ko‘zlayapti.

Shuningdek, klub mutasaddilari Viktor Osimxen (“Galatasaroy”), Dushan Vlahovich (“Yuventus”) va Eli Krupi (“Bornmut”) variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda.

Qisqa muddatli variant sifatida “Barselona”ni tark etgan 37 yoshli Robert Levandovski ham Manchesterga taklif etilishi mumkin.

Shu bilan birga, “Manchester Yunayted” yozda jamoaga moslasha olmagan Joshua Zirkzeeni sotishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!