Manchesterliklar dunyoning eng zo‘r darvozabonini olib keladi

  • 5 iyun, 16:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ga katta umidlar bilan olib kelingan tajribali golkiper Andre Onana hali muxlisu mutaxassislar ishonchni oqlay olgani yo‘q.

Tecno

Muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin “Old Trafford” egalari tarkibda jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda. Bu jarayonda yangi darvozabon masalasi ham ko‘tarildi.

Sports nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” dunyoning eng zo‘r posbonlari qatorida turadigan Emiliano Martinesni nishonga olgan. Aslida mersisaydliklar “Aston Villa” posbonini qishdayoq sotib olishni reja qilgandi.

Biroq Ruben Amorim o‘shanda yana Andre Onanaga imkon berishni ma’qul topdi.

Argentina terma jamoasining asosiy darvozaboni hisoblangan Emiliano Martines o‘tgan mavsumda “villaliklar” darvozasini 53 ta uchrashuvda qo‘riqladi va 16 ta bellashuvda gol o‘tkazgani yo‘q.

32 yoshli Emilianoning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha tuzilgan, biroq uni 20 million evro atrofidagi badal puli evaziga transfer qilish imkoni bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!