Manchesterliklarga bu to‘purarni olmaslik tavsiya qilindi

  • 30 iyul, 08:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” afsonasiga aylangan mashhur himoyachi Rio Ferdinand klubning hozirgi  mutasaddilarini hujumchi olishda xushyor bo‘lishga chaqirdi.

Tecno

Ma’lumki, Ruben Amorim jamoaga ko‘p gol ura oladigan markaziy hujumchi qidiryapti. Nishonlar orasida “Leyptsig” vakili Benjamin Sheshko ham bor.

Rio Ferdinand 22 yoshli slovakiyalik hujumchini olish klub uchun katta tavakkal ekanini va bu variant o‘zini oqlamasligini ta’kidlayapti.

-  Sheshkoning futbolchi sifatidagi imkoniyatlariga shubham yo‘q. Lekin “Manchester Yunayted”ga hujum markazida katta tajribaga ega futbolchi zarur. Jamoada Rasmus Xyoylunn, Joshua Zirkzee, Chido bor. Bular yosh va tajribasiz hujumchilar. Ularga mana shu o‘yinchilarga o‘rnak bo‘ladigan va haqiqiy to‘purar qanday bo‘lishini amalda ko‘rsata oladigan futbolchi kerak.

Qachonki, kerakli tajribaga ega bo‘lmagan yana bir yosh o‘yinchini olar ekansiz, bu navbatdagi tavakkaldan boshqa narsa emas. Yuqori darajada o‘ynash uchun tajribasiz futbolchilarni olish o‘zini oqlaydi, deb o‘ylaysizmi?, - dedi Rio Ferdinand.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!