Mareska Rodrining «Real»ga ehtimoliy ketishi haqida gapirdi

  • 25.07.2026 13:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoa ispaniyalik yarim himoyachi Rodri bilan yo‘llari ajralishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng yakunlanadi. Mareskaning ta’kidlashicha, klub uni saqlab qolish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqchi. Shu bilan birga, murabbiy hozircha futbolchiga bel qismida kichik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilayotganini qayd etdi.

«Katta o‘yinchilar atrofida har doim turli mish-mishlar aylanadi. Bu meni bezovta qilmaydi, bu odatiy holat. Ular jahon chempionatida g‘olib chiqishdi, u esa eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘ldi. Albatta, har bir murabbiy tarkibida Rodri bo‘lishini istaydi, lekin hozir u operatsiya qildirmoqda. Unga hozir dam olish va to‘liq tiklanish kerak, shundan so‘ng u yana biz bilan bu yerga qaytib keladi», — dedi Mareska.

Rodri 2019 yildan beri «shaharliklar» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u klub tarkibida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!