Mareska "Siti" futbolchisini maqtadi

  • 11.09.2026 17:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoa yarimhimoyachisi Enzo Fernandesning rivojlanishi haqida fikr bildirdi.

— U juda tez o‘sib bormoqda. Ikki yil davomida biz bilan ishlagan paytida u oldinga hujumkorroq yarimhimoyachiga aylandi, avval esa maydonning chuqurroq qismida harakat qilardi. Meningcha, u ayniqsa jarima maydoni atrofida juda kuchli. Gol uradi, golli pas beradi. Unda yetakchilik sifati bor, — deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi City Xtra.

Eslatib o‘tamiz, Mareska 2024–2026 yillar oralig‘ida «Chelsi»da Enzo Fernandes bilan birga ishlagan. O‘tgan yozda mutaxassis «Manchester Siti»ni qabul qilib oldi va klub rahbariyatidan argentinalik futbolchini olib berishni so‘radi. «Shaharliklar» bu iltimosni bajarishdi.

«Manchester Siti» tarkibida Fernandes hozirgacha barcha musobaqalar hisobida ikki o‘yinda maydonga tushib, bir golli uzatma muallifi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!