Marion Bartoli: Uimbldonda ko‘plab xotiralar qolgan

Frantsiyalik Marion Bartoli tennisdagi faoliyatini yana davom ettirmoqchi. U joriy yildagi ilk uchrashuvini  Monterrey shahrida aprel oyida o‘tishi rejalashtirilayotgan musobaqada o‘tkazmoqchi.

Shuningdek u  "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Uimbldon musobaqasida ham ishtirok etish niyati borligini aytib o‘tdi.

"Menga doimo maysa qoplamali kortda o‘ynash yoqadi. Bu mavsum mening eng yaxshi ko‘rganimdir. To‘g‘risi, men yana Uimbldonda o‘ynashni xohlayman. Axir mazkur musobaqada ko‘plab yaxshi xotiralarim qo‘lgan", -  deydi Marion.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!