Mariya Sharapovani qozog‘istonliklar kutmoqda
Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tayotagan “WTA Shenzhen Open – 2018” turnirida chorak final uchrashuvlarining o‘tkaziladigan vaqti ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, bugun Toshkent vaqti bilan soat 9:00 da ruminiyalik Irina Begu va vengriyalik Timea Babosh chorak final uchrashuvlarini boshlab bersa, 10:30da rossiyalik Mariya Sharapova hamda qozog‘istonlik Zarin Diyas o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi.
Soat 12:00 ruminiyalik Simona Xalep va belaruslik Arina Sobolenko o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi. Ushbu uchrashuv yakunlangandan so‘ng, kortga chexiyalik Kristina Plishkova hamda Katerjina Sinyakova chiqadi.

Fikrlar