
Mark-Andre ter Shtegen: "Qo‘llab-quvvatlayotgan barchadan minnatdorman"
Mark-Andre ter Shtegen "Vilyarreal" bilan o‘yinda olgan jarohati haqida gapirdi. "Barselona"ning 32 yoshli darvozaboni o‘sha o‘yindagi jarohati tufayli tizzasidan operatsiya qilinadi va taxminan 8 oyni o‘tkazib yuboradi.
"Men "Barselona"ning barcha muxlislari, jamoadoshlarim, raqiblar, va do‘stlarimga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun chin dildan minnatdorman. "Vilyarreal" muxlislariga stadionda ko‘rsatilgan hurmat uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu men uchun katta ahamiyat kasb etdi.
Men o‘zimni kuchli va normal his qilyapman. Butun diqqatimni tiklanishga qaratganman. Barchanigizga tashakkur" – deb yozdi ter Shtegen ijtimoiy tarmoqlardagi saxiqasi orqali.
Fikrlar