
Markaziy uchrashuvda murabbiy Yaxshiboevga ishonmoqda
Belarus chempionati 12-turining markaziy uchrashuvi musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Energetik-BGU” va uchinchi pog‘onani egallab turgan “Shaxtyor” jamoasi ishtirokida bo‘ladi.
Mutaxassislar 7 iyun kuni “Shaxtyor” mezbonligida o‘tadigan bu bahs chempionat bezagi bo‘lishiga ishonmoqda. Chunki kuchli raqiblar bilan hayiqmay o‘ynayotgan “talabalar”dan ko‘pchilik bu gal ham shiddatli, hujumlarni kutyapti. Chempionatga joziba olib kirgan “Energetik-BGU” bosh murabbiyi Vladimir Belyavskiy bir o‘yindan iborat diskvalifikatsiyani o‘tab bo‘lgan asosiy to‘purar Jasur Yaxshiboev safga qaytganidan xursand.
O‘tgan turda Jasursiz o‘ynagan “talabalar” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Vitebsk” jamoasini enga olmadi.
Ayni paytda “Energetik-BGU” 22 ochko bilan musobaqa peshqadami – 25 ochko jamg‘argan BATEni ta’qib qilmoqda. “Shaxtyor” futbolchilari esa “talabalar”dan bir ochko kam to‘plagan.
Fikrlar