Markos Lorente: "Inter"ning murabbiy almashganidan keyin ham o‘zgarmagan uslubi bor"

  • 16 noyabr, 12:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko Madrid" futbolchisi Markos Lorente Chempionlar Ligasida "Inter" bilan bo‘lajak uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘yin 26 noyabr kuni "Riyad Eyr Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

"Inter" etarlicha sifatli o‘yinchilarga ega ajoyib jamoa. Ularning murabbiy almashganidan keyin ham o‘zgarmagan taniqli uslubi bor.

"Inter" Chempionlar Ligasidagi to‘rtta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi, shuning uchun bizni juda qiziqarli jang kutmoqda", - deya Lorentening so‘zlaridan keltirdi "La Gazzetta dello Sport" nashri.

Ma’lumot uchun, Diego Simeone jamoasi to‘rt turdan so‘ng umumiy jadvalda olti ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda. "Neradzurrilar" 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!