Marmushning "Siti"ga transferining yangi tafsilotlari
"Manchester Siti" Omar Marmushning transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Angliya klubi "Ayntraxt" bilan futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichiga o‘tdi.
"Shaharliklar"ning fikricha, kelishuv 70 million evro va bonuslar bilan kifoyalanishi mumkin. Tomonlar hali to‘liq kelishuvga erishmadi, ammo jarayonni yakulash ustida ish olib borilmoqda.
Omar Marmush Bundesliganing jorify mavsumida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.



Fikrlar