Marrey braziliyalik do‘sti bilan Meksikada g‘olib bo‘ldi

Meksikada o‘tkazilgan "Abierto Mexicano Telcel - 2018" turnirining juftlik bahslarida britaniyalik Jeymi Marrey va braziliyalik Bruno Soaresh bosh sovringa ega bo‘ldi.

Ular musobaqaning finalida amerikalik Boba va Mayk Brayanni dastlabki setda tay-brekda, ikkinchi setda esa 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Marrey va Soareshning finaldagi g‘alabasi 500 reyting ochkosi va 106.620 AQSh dollari keltirdi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!