Marselino “Roma” ustoziga aylanishi mumkin
“Vilyarreal” klubi sobiq bosh murabbiyi Marselino kelasi mavsumdan boshlab “Roma”ni boshqarishi mumkin. 51 yoshli ispaniyalik mutaxassisning nomzodini rimliklarning sport direktori Ramon Monchi taklif qilgan.
“Roma”ning hozirgi bosh murabbiyi Luchano Spallettining jamoa bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi. Italiyalik mutaxassis hozircha klubdagi kelajagi haqida biror narsa demagan.
Marselino esa Ispaniyadan boshqa joyda faoliyat olib bormagan.

Fikrlar