Martinelli: "Arsenal"dagi raqobat terma jamoadagiga o‘xshaydi"

  • 12 sentabr, 20:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinelli jamoadagi raqobat va yozda kelgan yangi futbolchilar haqida gapirdi.

Tecno

"Arsenal"dagi holat milliy jamoadagiga o‘xshaydi. Agar siz mendan Vinisius yoki Rodrigo kabi o‘yinchilar tarkibda bo‘lsa, yaxshi emasmi, deb so‘rasangiz, javobim – albatta, yaxshi. Ular jamoaga sovrinlar yutishda yordam beradi. Agar g‘olib chiqishni istasak, sifatli futbolchilar kerak. Shuning uchun Eze va Madueke kelganidan juda xursandman", – dedi Martinelli.

Eslatib o‘tamiz, APLda uch turdan so‘ng "kanonirlar" 6 ochko to‘plab, peshqadamlar qatorida 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa MYu (1:0) va "Lids" (5:0) ustidan g‘alaba qozondi, ammo "Liverpul"dan 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

13 sentyabr kuni "to‘pchilar" "Emireyts"da "Nottingem Forest"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!