"Mash’al" bayramga tayyorlanmoqda. Chunki...

  • 23 oktabr, 2024, 11:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun Pro liganing 24-turiga start beriladi. Musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turgan Muborakning “Mash’al” jamoasi o‘z maydonida Toshkentning “Olimpik-Mobiuz” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.  Aytish lozimki, bu jamoalar o‘rtasidagi to‘rtinchi bahs hisoblanadi.

Muborakda bo‘lib o‘tadigan “Mash’al” - "Olimpik-Mobiuz" uchrashuvini Alisher To‘xtasinov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Shohrux A’zamov  va Aziz Isoqovlar yordam berishadi. Zahira hakami Nayim Qosimov. Hakamlar ishini Qahramon Yo‘ldoshev nazorat qiladi. Uchrashuv komissari. Oybek Yunusov

O‘zaro o‘yinlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, “Mash’al” va “Olimpik-Mobiuz” shu kungacha chempionat bahslarida 3 marta to‘qnash kelgan. “ Mash’al ” 2 ta o‘yinda g‘alaba qozongan va 1 o‘yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 4 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, toshkentliklar hali “Mash’al” darvozasiga yo‘l topa olishgani yo‘q. “Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 3:0 ga teng.

Ayni paytda Asror Aliqulov jamoasi 24 ta o‘yindan so‘ng 47 ochko jamg‘arib 1-o‘rinda boryapti. 2-pog‘onadagi “Buxoro” 23 uchrashuvda 45 ochko to‘pladi. Oldinda yana 5 ta tur qoldi. 3-o‘rindagi “Sho‘rtan” hisobida 24 ta o‘yindan so‘ng 35 ochko mavjud. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatyaptiki, “Mash’al” klubi yana ikkita o‘yinda yutadigan bo‘lsa, muddatidan ilgari Superliga yo‘llanmasini naqd qilib qo‘yadi. Shunday ekan, “Olimpik Mobiuz”ga qarshi bellashuv Aliqulov jamoasi uchun muhim.

“Mash’al”ni bugungi o‘yindan tashqari shuningdek, “Sho‘rtan”, “Buxoro”, “Xorazm” hamda “Do‘stlik” jamoalariga qarshi o‘yinlari bor. Muborakliklar deyarli Superliga ostonasida va bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yuborishmasa kerak. Qisqasi, "Mash’al" bayramga tayyorlanmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!