"Mash’al" ustozi: "Yana o‘sha xatolar, bilmadim, bu nima bilan bog‘liq?"

  • 11 avgust, 08:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Cuperligada 18-turga start berildi. Jizzaxda “So‘g‘diyona” hamda “Mash’al” o‘rtasidagi uchrashuvida maydon egalari 2:0 hisobidagi g‘alabasini rasmiylashtirib oldi. Muborakliklar 11-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Tecno

Bilasiz, ikkinchi davra oldidan “Mash’al”da bosh murabbiy o‘zgardi. Asror Aliqulov U21 jamoasiga o‘tkazildi. Uning o‘rnini Otabek Narzullaev egalladi. Biroq hozircha “Mash’al”ni boshqarayotgan mutaxassis faqat mag‘lubiyatga uchramoqda.

Tabiiyki, mahalliy muxlislarni jamoasining bunday natijalaridan ko‘ngli to‘lmayapti. Bosh murabbiy Otabek Narzullaevga balki biroz vaqt kerakdir. Lekin fakt shuki, "Mash’al"ning hozircha uning boshchiligida hozircha omadi chopmayapti.

Narzullaev Jizzaxdagi o‘yindan keyin matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:

- Biz uch ochko uchun kelgandik. Jamoamizga ozgina omad etishmadi. Yana o‘sha xatolar evaziga darvozamizdan gollar o‘tkazib yuboryapmiz. Bilmadim, bu nima bilan bog‘liq? Har tomonlama futbolchilarga tushuntiryapmiz, o‘rgatyapmiz. Ko‘proq mehnat qilishga to‘g‘ri kelyapti. Yaxshi saviyadagi yigitlar yig‘ilgan. Faqat jamoani o‘ziga bo‘lgan ishonchi etishmayapti. Keyingi o‘yinlarga puxta tayyorlanamiz. Mag‘lubiyatlar ko‘payib ketdi. G‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Yangi legioner Umar Aminu haqida fikringiz?

- Ikki-uch kun oldin keldi. Yaxshi saviyadagi futbolchi. U o‘yin oldi mashg‘ulotiga qo‘shildi. Bu o‘yinda 15-20 daqiqa maydonga tushirdik.Jismoniy holati yaxshi emas. Ammi saviyasi yaxshi va undan foydalansak bo‘ladi. Keyingi uchrashuvlarda nasib bo‘lsa uni asosiy tarkibga chiqarsak kerak. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!