
Masharipov: Eron va Osiyoning uncha-muncha termasidan kuchlimiz
10 oktyarb kuni O‘zbekiston terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Mazkur bellashuv oldidan terma jamoamiz etakchilaridan biri bo‘lgan Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.
- Avvalo assalomu alaykum. Eronga qarshi bahs haqida ortiqcha ta’rif shart emas. Sababi, ikki tomon ham bir-birini juda yaxshi biladi.
- O‘ylaymanki, ertaga muxlislarimiz qarshisida ijobiy natija qayd eta olamiz.
- Taktika haqida, ularning nozik taraflari haqida shart emas. Sababi, bu erda ikki tomonning ham jurnalistlari o‘tiribdi. Rejamiz bo‘lsa, o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatib, muvaffaqiyat ko‘rsatishga harakat qilamiz.
- Eron futbolchilarining barchasi hozir baribir yaxshi holatda. Ko‘p futbolchisi bir klubda to‘p tepmoqda. Bu ularning terma jamoasi uchun foydali holat. Lekin unutmaylikki, eronlik futbolchilarning aksariyati BAA kabi chempionatlarga nega ketganini barchamiz juda yaxshi bilamiz. Biz hozirda nafaqat forslardan balki, butun Osiyoda uncha-muncha terma jamoadan kuchlimiz.
- Ko‘rgan bo‘lsangiz, ko‘p gollarimiz oldindan ishlangan taktik ishlanmalar orqali kiritildi. Aynan bir futbchining mahoratiga bog‘lanib qolmaganmiz. Bo‘lajak o‘yinda ham yaxshi tarafdan o‘yinga bo‘lgan ishtiyoqimizni namoyish etamiz.
Fikrlar