Mashhur darvozabon o‘ziga yangi jamoa topdi

  • 26 aprel, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” darvozasini uzoq muddat qo‘riqlagan David de Xea o‘tgan yozda shartnomasi tugaganidan keyin o‘ziga yangi jamoa topa olmagan edi.

Shu bois, mashhur posbon bir yil futboldan tashqarida yurishga majbur bo‘ldi. Ikkita transfer oynasida unga bir necha klublardan taklif bo‘lgandi. Biroq tomonlar hamkorlik masalasida kelisha olmadi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik golkiper o‘z yurtiga qaytishga qaror qilgan.  

 Estadio Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, David de Xeani “Betis” o‘z safiga chorlayapti.

33 yoshli David de Xea  uchun La Liga begona emas. U 2011 yili Manchesterga yo‘l olgunga qadar Madridning Atletiko” klubida to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!