Mashhur klub hujumchisi komada!

  • 14 may, 07:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 36-turidan o‘rin olgan “Nottingem Forest” va “Lester Siti” o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar hujumchisi Tayvo Avoniyi darvoza ustuniga urilishi oqibatida og‘ir jarohat olgan edi.

“Nottingem Forset” matbuot xizmati bu borada klubning bayononini e’lon qildi. Unda klub Tayvr Avoniyining ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berib, jarohat oqibatlarini bartaraf qilish uchun o‘yinchining qorin sohasida jiddiy jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani aytilgan.

Jarohat hayot uchun xavfli ekani alohida ta’kidlandi.

Operatsiyadan keyin nigeriyalik 27 yoshli futbolchi sun’iy koma holatiga o‘tkazilgan. Bu usul o‘yinchining tezroq tiklanishiga xizmat qilishi aytilmoqda.

 Tayvo Avoniyi Nigeriyaning “Imperial” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2015 yili “Liverpul” tomonidan bir million evroga xarid qilingan. Keyingi olti yil davomida liverpulliklar asosiy tarkibiga kira olmagan hujumchi Germaniya, Niderlandiya, Belgiya chempionatlarida ijarada o‘ynadi.

2021 yili Tayvoni “Liverpul”dan 8,5 million evroga transfer qilgan “Union Berlin” klubi uni bir yil o‘ynatib, ikki yarim baravar qimmatiga “Nottingem Forest”ga sotib yuborgan edi.

Avoniyi Nigeriya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U xalqaro miqyosda sakkiz marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasiga bir juft to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!