Mashhur tennischi: "Iman Xelif ayol bo‘lib tarbiyalangan bo‘lishi mumkin, lekin u biologik erkak"

  • 5 noyabr, 2024, 18:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

"Katta dubulg‘a"ning 18 karra chempioni, jahonning sobiq birinchi raqamli raketka ustasi Martina Navratilova boks bo‘yicha 2024 yilgi Olimpiada chempioni jazoirlik Iman Xelifning 2023 yilda o‘tgan gender testi haqidagi hisobotiga javob berdi. Avvalroq MPI jurnalisti sportchining bachadoni yo‘qligini, aksincha, ichki moyaklar va “mikropenis” borligini aniqlagani haqida xabar tarqatgan edi.

“Iman hali ham Ji Key Roulingni sudga beryaptimi? Ushbu sud jarayoniga omad tilaymiz. Xelif ayol bo‘lib tarbiyalangan bo‘lishi mumkin, lekin u biologik erkak, uni Olimpiadada boks bahslariga qo‘ymaslik kerak edi”, — deb yozdi Navratilova X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Xelif 2024-yil yozida Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan va u erda oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!