
Mashrabjon Ro‘ziboevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum!
10 iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida "Open FC 21" turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu kechada Bekzod Jiyanov hamda Nursulton Ro‘ziboev shogirdi Mashrabjon Ro‘ziboev ham oktagonga ko‘tariladi.
U mezbonlar vakili Valeriy Vishnyakovga qarshi jang qiladi. Mashrabjon Ro‘ziboev so‘ngi jangini Buxoroda tashkil etilgan Brave CF promoushenida Qirg‘iziston vakili Niyaziddin Risbaevga qarshi o‘tkazib, birinchi raundning dastlabki soniyalaridayoq "gilotina" uslubi bilan zafar quchgandi.
Ma’lumot uchun, Ro‘ziboevning professional rekordi 16-4-1 ko‘rinish olgan bo‘lsa, Vishnyakov esa 6 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar