Mashrabjon Ro‘ziboevning raqibi aniq. U Moskvada jang qiladi.

  • 7 sentabr, 2021, 11:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
CHERY AUTO

12 sentyabr kuni Rossiyaning Moskva shahrida MMA bo‘yicha "Open Fighting Championship" promousheni navbatdagi turnirini o‘tkazadi. Mazkur kechada yurtdoshimiz Mashrabjon Ro‘ziboev ham oktagonga ko‘tarilishi haqida ma’lumot bergan edik. 

Tecno

Biroq, uning raqibi ma’lum emasdi. Bunga ham aniqlik kiritildi. Moskvada hamyurtimiz mezbonlar vakili Aleksandr Zaxarovga qarshi jang qiladi. Mazkur jang yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasida o‘tkaziladi. 

Rossiyalik jangchi faoliyati mobaynida 3 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, Mashrabjon Ro‘ziboevning ko‘rsatkichi 11-3-1 ko‘rinishga ega. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu jang oqshomida Mashrabjonning akasi Nursulton Ro‘ziboev ham braziliyalik Luchiano Kontiniga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

mosk

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Anvar Abduazizov
07/09/2021 14:08
11-3-1...11 g‘alaba 3 mag'lubiyat 1 durrang.