"Match TV" muxlislari uchun ajoyib xushxabar!
Rossiya federal telekanali hisoblangan "Match TV" evrokuboklar translyatsiyasi bo‘yicha UEFA bilan shartnomani uzaytirdi.
Tomonlar o‘rtasidagi yangi imzolangan kelishuvga ko‘ra, “Match TV” 2023/24 yilgi mavsum yakuniga qadar Chempionlar ligasi, Evropa ligasi, UEFA Yoshlar ligasi va 2021 yilgi mavsumdan start oluvchi yangi turnir - Konferentsiyalar ligasi o‘yinlarini namoyish etadi.
Ta’kidlash kerakki, "Match TV" evrokubok uchrashuvlarini namoyish etishni xohlagan "Yandeks" va "Rambler Group"ni raqobatda engib chiqdi.

Fikrlar