Mavsumni "Borussiya"da o‘tkazgan himoyachi APLga qaytadi

  • 20 iyun, 2024, 06:54
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli bo‘lgan Ian Matsen o‘tgan mavsum "Borussiya"da ijarada o‘ynadi. Klub uni olib qolmoqchi edi, lekin APL jamoasi himoyachini sotib olishga yaqin turibdi. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, Matsenni "Aston Villa" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga qo‘shib olish arafasida. Ushbu transfer birmingemliklar uchun 37 million evroga tushadi, klublar deyarli kelishuvga erishib bo‘ldi. Tez orada futbolchining o‘zi bilan yakuniy muzokaralar jarayoni boshlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Matsen "Borussiya"da yakuniga etgan mavsum 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golda ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!