
Mayk Tayson yoki Lennoks Lyuis? Hasanboy Do‘smatovdan o‘zgacha tanlov
"Jang' loyihasining navbatdagi ishtirokchisi boksimiz yulduzi Hasanboy Do‘smatov bo‘ldi. U xaftamiz qaxramonlari Lennoks Lyuis hamda Mayk Tayson o‘rtasida o‘z tanlovini ma’lum qildi.
- "Aslini olganda har ikkisi professional boks olamining haqiqiy afsonalaridir. Ikkisi ham o‘z davrining buyuk bokschilari sanaladi. Garchi, Lyuis Taysonni mag‘lub etgan bo‘lsa-da, mening tanlovim "Temir Mayk! Chunki u boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklardan so‘ng ham oyoqqa tura olgan va uning texnikasi, zarbasi haligacha noyob sanaladi. Lyuisga hurmatni saqlagan holda Mayk Taysonni tanlayman!", - dedi Hasanboy.
Fikrlar