Maykl Bisping: "Iliya Topuriya, haqiqiy erkak bo‘lsang, eng zo‘ri bilan kurash!"

  • 31 iyul, 12:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC sobiq chempioni Maykl Bisping engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriyani tanqid qildi.

Tecno

"Topuriya agar UFC uni Armanga qarshi jang qilishga majburlasa, Iliya kamaridan voz kechishini aytdi. Endigina chempion bo‘lgan yigit uchun bu yomon belgi. Agar haqiqiy erkak bo‘lsang, eng zo‘ri bilan kurash, "El-Matador". Arman Tsarukyan - nafaqat sen, balki engil vazn toifasida hamma uchun haqiqiy tahdid. Unda hamma narsa bor: kurash, zarba, chidamlilik, kuch, yoshlik... Arman yirtqich hayvon", - deya Bispingning so‘zlarini keltirdi "AgFighting".

Eslatib o‘tamiz, Topuriya "UFC 317" turnirida Charlz Oliveyrani 1-raunddayoq nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!