Maykl Ouen Xoland faoliyatini qaerda davom ettirishini aytdi

  • 25.11.2021 19:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya futboli yulduzi Maykl Ouen “Borussiya” hujumchisi Erling Xoland Angliya premer-ligasiga kelishini ta’kidlamoqda.

- Erling Xoland “Liverpul”ga o‘tsa, Muhammad Saloh ko‘p gol ura oladi, deb o‘ylamayman. Menimcha, Xolandning keyingi klubi “Manchester Siti” bo‘ladi.

Shuningdek, norvegiyalik to‘purar “Manchester Yunayted”ga to‘g‘ri kelmasligini ham aytishim kerak. Qolaversa, Erling liverpulliklarga ham moslasha olmaydi. Lekin u “Manchester Siti”ga o‘tishiga ishonchim komil, - dedi Maykl Ouen.

Xoland bundesligada 49 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 49 marotaba ishg‘ol qildi. Joriy mavsumda 10 ta o‘yinda o‘z hisobiga 13 ta gol yozib qo‘ygan iqtidorli hujumchi ayni paytda jarohatini davolatmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!