Mbappe bir yilda uchta turnir to‘purari bo‘lib, birorta sovrin yutolmadi
Kilian Mbappe bir yil ichida bir vaqtning o‘zida uchta yirik musobaqada eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Fransiya terma jamoasi hujumchisi jahon chempionatida 8 o‘yinda 10 ta gol urib, musobaqaning eng yaxshi to‘purariga beriladigan «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 2025/2026 yilgi mavsumda «Real» safida Mbappe Chempionlar ligasida 15 ta, La Ligada esa 25 ta gol muallifiga aylandi. Qiziqishi shundaki, u ushbu uch musobaqaning hech birida jamoasi bilan g‘olib chiqmadi.
Ilgariroq bunday natijaga faqat bitta futbolchi – Eysebio erishgan edi. U 1966 yilda jahon chempionati, milliy chempionat va Yevropa chempionlar kubogida to‘purarlik ro‘yxatlarida peshqadam bo‘lgan.

Fikrlar