Mbappe jamoa bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi

  • 15 yanvar, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini Parij klubida davom ettirishi va yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda, deb xabar tarqatdi L'equipe nashri.

Tecno

Parijliklar asosiy futbolchisini saqlab qolish uchun anchadan beri uni yangi bitimga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Mbappe qisqa muddatli qishki ta’tildan qaytganidan keyin klub xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy bilan ko‘rishgan. Ushbu uchrashuv bir soatga yaqin davom etgan va klub prezidenti va’da qilgan sharoitlar Kilianni qiziqtirib qo‘ygani aytilmoqda.

Aslida Mbappe “Real”ga o‘tishi kutilayotgan edi. Biroq “Qirollik klubi” hujumchiga taklif bo‘yicha javobini ma’lum qilish uchun muddat belgilagani Kilianga yoqmadi. Mbappe hech qaysi klub o‘ziga bosim o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
15/01/2024 22:39
Мбаппе котку