Mbappe ketma-ket ikkinchi mavsum "Real"ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi
Kilian Mbappe 2025/26 yilgi La Liga mavsumida "Real"ning eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Fransiyalik hujumchi Ispaniya chempionatida 25 ta gol urdi. Jamoada ikkinchi natijani 16 ta gol bilan Vinisius Zhunior qayd etdi.
O‘tgan mavsumda ham Mbappe "Real" safida La Ligada eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lgan edi. O‘shanda u 31 ta gol muallifiga aylangan, Vinisius esa 11 ta gol bilan ikkinchi o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe 2024 yilda PSJdan "Real"ga o‘tgan edi.

Fikrlar