Mbappe: Men Evropadan ketaman!

Kilian Mbappe faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi haqidagi savollarga biror marotaba aniq javob bergan emas.

Shunga qaramay, 25 yoshli futbolchi vaqti kelib, Evropa futbolini tark etishi haqida bayonot berdi.

- Futbol tarixini shakllantirigan ko‘p buyuk futbolchilar o‘tgan yoz Evropani tark etdi. Endi yangi davrga kiryapmiz.

Bu futbolning bir qismiga aylanib qoldi. Vaqti kelib, navbatim kelgan payt men ham Evropani tark etaman. Men o‘zgarish qilishdan, yangiliklardan qo‘rqmayman.

Men o‘z faoliyatim haqida o‘ylar ekanman o‘zimning  yo‘limdan borishni istayman,  - dedi Kilian Mbappe.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!