Mbappe: Men pullarni o‘g‘rilab olganim yo‘q

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe olayotgan maoshi ortiqcha oshirilmaganini va o‘yini yarasha to‘lanayotganini ta’kidladi.

- To‘g‘risini aytsam, qancha maosh ishlab topayotganimni aniq bilmayman. 12 yoshligimda futbolda pul juda ko‘p, deb o‘ylardim. Hoir o‘zim topayotgan pullarga munosibman, deb hisoblayman.

Men bu pullarni hech kimdan o‘g‘rilab olgani yo‘q. Hayot shunday qurilgan. Men har doim superyulduz darajasiga etishimga ishonganman, - dedi Kilian Mbappe.

Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. 25 yoshli forvardni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lgan klublar ko‘p. Biroq ularning aksariyati Mbappe talab qiladigan maoshni ko‘tara olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
АЛИ
19/01/2024 21:16
NAVBAHORGA kelgin Mipape Sena oyiga kamida 50milion beramiz