Mbappe Oliseni "Real"ga o'tishga ko'ndirishga urindi

  • 17.06.2026 18:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" "Bavariya" vingeri Maykl Olise xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Migel Serrano ma'lumotlariga ko‘ra, "qirollik klubi" hujumchisi Kilian Mbappe Olise bilan shaxsan suhbatlashib, uni Madrid jamoasiga o‘tishga ko‘ndirishga urinagan. Mbappe va Olise o‘rtasida maydondagi o‘zaro tushunish juda yaxshi, buni Fransiya terma jamoasi o‘yinlarida ham ko‘rish mumkin. Shu bois Kilian bu yozda "Real"ning Mayklni olib kelish rejasini qo‘llab-quvvatlagan va uning transferi amalga oshishi uchun o‘z tomonidan harakat qilgan.

Maykl Olise 2024 yili "Kristal Pэlas" klubidan "Bavariya"ga 53 million yevro evaziga o‘tgan. Uning myunxenliklar bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yildagi mavsumda fransuz futbolchisi "Bavariya" safida 52 o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!