Mbappe o‘rniga to‘rt yulduz!

  • 14 may, 2024, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ jamoadan ketishi aniq bo‘lgan Kilian Mbappe o‘rnini bosishga munosib futbolchi qidiryapti.

L’Équipe nashrining ma’lum qilishicha, parijliklar to‘rt futbolchidan iborat ro‘yxat shakllantirdi.

Asosiy nomzod sifatida “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen ko‘rsatilgan. Neapolliklar nigeriyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Biroq o‘yinchining o‘zi Angliya Premer-ligasida to‘p tepishga qiziqmoqda.

PSJ “Napoli”ning yana bir hujumkor futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliyani ham nishonga olgan. Italiyaliklar gruziyalik o‘yinchini qo‘yib yubormoqchi emas va unga yangi bitim taklif qilish bo‘yicha ishlayapti.

A Seriyadan Rafael Leau ham PSJga o‘tishi mumkin. “Milan” vakili anchadan beri parijliklarni qiziqtirib keladi.

Nihoyat, to‘rtinchi o‘yinchi Angliya Premer-ligasidan. “Manchester Siti”dan ketishga tayyorlanayotgan Bernardu Silvaning xaridorlaridan biri aynan PSJ hisoblanadi. Lekin portugaliyalik yulduz Ispaniya chempionatini ma’qul ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!