
Mbappe PSJdan ketolmaydi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yangi shartnoma bo‘yicha barcha takliflarni rad etdi va yozda jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda. Shunga qaramay, parijliklar iste’dodli hujumchini o‘z safida olib qolishga ishonmoqda.
Bu haqda PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy ma’lum qildi.
- Kilian zo‘r o‘yinchi. U nima istayotganini yaxshi biladi. Biz ham shunday. Mbappe biz bilan qoladi, - dedi Nasser Al-Xelaifiy.
Kilian Mbappe joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ettita golli pas oshirdi. Uning shartnomasi kelasi yil 30 iyunda yakunlanadi.
Fikrlar