
Mbappe "qirol" bo‘lmoqchi!
Kilian Mbappening PSJdagi faoliyati o‘zi kutganidek davom etmayapti. Klub rahbariyati 23 yoshli futbolchini “Real”ga o‘tmasdan jamoada qolishga ko‘ndirish chog‘igida Mbappega qo‘shimcha vakolatlarni va’da qilgan edi.
Unga ko‘ra, Mbappe maydonda asosiy figura bo‘lishi va barcha futbolchilar unga o‘ynashi aytilgan. Shuningdek, Kilian faqat hujumlarni yakunlash bilan shug‘ullanishi va ortga qaytib, himoyaga yordamlashmasligi kelishilgandi.
Biroq, Mbappega berilgan vakolatlar boshqa o‘yinchilarga yoqmayapti. Manbalarning ta’kidlashicha, chempionatning ikkinchi turidan o‘rin olgan “Monpele”ga qarshi uchrashuvning tanaffusida Mbappe va jamoadoshlari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan va ularni bosh murabbiy Kristof Galte boshchiligidagi murabbiylar shtabi ajratib qo‘ygan.
Keyinroq, Mbappe va Neymar o‘rtasida kelishuvmovchilik bo‘lgan omma e’tiboriga haqola qilindi.
Fikrlar