Mbappe "Real" uchun himoyachi tanlab berdi
Hujumchi Kilian Mbappe Madridning "Real" klubi rahbariyatiga murojaat qilib, prezident Florentino Peresga o‘z vatandoshi, Angliyaning "Liverpul" klubi himoyachisi Ibrohim Konateni sotib olish masalasini ko‘rib chiqishni shaxsan tavsiya qildi. Bu haqda Kataloniyaning E-Noticies nashri xabar bermoqda.
Frantsiyalik markaziy himoyachi Ibraima Konate "RB Leyptsig"dan Angliya klubiga o‘tganidan beri barcha musobaqalarda 148 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi. Bu davrda Konate "Liverpul" tarkibida APL, Angliya kubogi va ikkita Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritdi.
Ibrohim Konatening "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Nufuzli "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 55 mln evroga baholanmoqda.



Fikrlar